Jahon | 03:47 / 02.08.2015
1833
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada festival paytida samolyot qulab tushdi

Buyuk Britaniyaning Cheshir shahrida CarFest festivalida pilotaj shakllar bajarayotgan samolyot falokatga uchradi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, ikkita samolyot manyovr bajarayotgan paytda ulardan biri festival o‘tayotgan joydan tashqarida joylashgan o‘rmonga qulagan. Shundan keyin falakka qora tutun ustuni ko‘tarilgan. Festivalga tashrif buyurganlardan ko‘pchiligi bu holatni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdilar.

Voqea borasida batafsil ma'lumotlar berilmagan. Shuningdek, uchuvchi katapultalashga ulgurgani haqida hech narsa ma'lum emas.

Voqea joyiga politsiya va tibbiy yordam xizmati yetib kelgan.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning Xempshir grafligida Bin Laden oilasiga tegishli samolyot qulaganda Usama bin Ladenning singlisi va o‘gay onasi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish