Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:30 / 02.08.2015
2488
1 daqiqa o‘qiladi
Doktor Dre 15 yil ichida birinchi albomini chiqaradi
Taniqli repper Doktor Dre 15 yil ichida birinchi marta yangi albom chiqaradi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Compton a Soundtrack by Dr. Dre nomli albomni muxlislar 7 avgustdayoq tinglashi mumkin bo‘ladi.
Albomda mehmon ijrochilar sifatida Ays Kyub, Kendrik Lamar, Eminem va Snup Dog ishtirok etishdi.
Doktor Drening ilgarigi albomi 1999 yili chiqqan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish