Jahon | 23:02 / 02.08.2015
1988
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada yo‘lovchi poyezdi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi

Fransiyaning Bretan viloyatida tezyurar poyezd traktor bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda France3-regions.

Le-Mandan Rennga ketayotgan 450 yo‘lovchisi bo‘lgan poyezd traktor bilan to‘qnashib ketgandan keyin temir yo‘l izlaridan chiqib ketdi. Traktor haydovchisi va poyezd mashinisti jarohat oldi.

Avvalroq Marsel-Madrid yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan tezyurar poyezd lokomotivi yonib ketgani tufayli 250 nafar kishi evakuatsiya qilingani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish