Jahon | 09:25 / 02.08.2015
3852
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston va Bangladesh o‘rtasida o‘zaro hududlar almashuvi o‘tkazildi

1 avgust kuni Hindiston va Bangladesh o‘zaro hududlar bilan almashdilar. Bunda Hindiston 111 ta anklavni Bangladeshga, Bangladesh esa 51 ta anklavni Hindistonga topshirdi.

Almashish davomida Hindiston o‘zining 40 kv kilometr hududini yo‘qotdi.

Avvalroq iyunda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasin quruqlikdagi chegaralar haqida kelishuv imzolagan edilar. O‘zaro almashilgan anklavlarning hanuzgacha fuqarolikka ega bo‘lmagan 50 mingdan ziyodroq aholisi endi fuqarolik tanlash huquqiga ega bo‘lishdi.

Bangladeshning sobiq hududlaridagi barcha 14 854 kishi Hindiston fuqaroligini olishni istamoqda. Endilikda Bangladesh hududiga aylangan Hindistonning sobiq hududlaridagi 39 176 kishidan bor-yo‘g‘i 979 nafari Hindiston fuqaroligini olmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish