03:13 / 02.08.2015
3120

Italiya aeroportida rep ijrochi Snup Doggdan 200 ming dollar musodara qilindi

AQShlik taniqli rep ijrochi Snup Dogg Italiyaning Lametsiya-Terme shahri aeporortida 422 ming dollar pul bilan ushlab qolindi, deb xabar bermoqda TGCOM.24 telekanali.

Xonanda Italiyadagi konsertdan keyin Londonga jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan. Biroq politsiyachilar tekshiruv paytida uning yonidan 422 ming dollar naqd pul aniqlashgan. Bu summa tashish uchun ruxsat berilgan summadan ancha ko‘proqni tashkil qilgan.

Pul yuvishga qarshi kurashishga qaratilgan mahalliy qonunchilikka muvofiq, xonandaning 200 ming dollarga yaqin puli musodaraa qilingan.

Avvalroq Snup Doggning atrofidagi 2 nafar kishi nasha saqlanganlikda ayblanib hibsga olingani ma'lum qilingan edi.

Top