O‘zbekiston | 03:58 / 02.08.2015
7715
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek qovunlari AQSh, Germaniya, Gollandiya va Rossiyada katta talabga ega bo‘lmoqda

O‘zbek qovunlari AQSh, Germaniya, Gollandiya va Rossiyadagi supermarketlarda sotilmoqda.

Bundan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebiteli.uz” guruhi foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan fotosuratlar guvohlik bermoqda.

Avvalroq 2011 yilda AQShning Arizona shtatida joylashgan Feniks shahrida o‘zbek qovunlarining birinchi hosili olingani ma'lum qilingandi. Rahmatillo Qobilov boshchiligidagi bir guruh o‘zbek dehqonlari shahardan 45 km uzoqlikdagi maydonda qovun yetishtirmoqdalar. AQShda o‘zbeklar tomonidan yetishtirilgan tarvuz va qovunlar asosan mahalliy bozorlarda sotiladi. Dehqonlar, shuningdek, o‘z savdo rastalari va restoranlariga ega bo‘lib, u yerda ham o‘z mahsulotlarini sotmoqdalar. Ular rus va ingliz tilida “O‘zbek qovunlari” degan yozuv bilan o‘z mahsulotlarini reklama qilmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish