Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:17 / 02.08.2015
2601
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburglik ayol virtual reallik attraksionida umurtqasini zararladi
Sankt-Peterburgda virtual reallik attraksioniga kirgan mijozlardan biri boshi va bo‘yin umurtqalarini zararlantirib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Fontanka.ru sayti yozmoqda.
Aytilishicha, 39 yoshli ayol virtual reallik ko‘zoynaklari negizidagi attraksionda o‘zini tutib tura olmay, orqaga yiqilgan. U boshi bilan yerga kelib tushgan. Voqea “Miraj sinema Ozerki” kinoteatrida sodir bo‘ldi.
Kinoteatr vakillarining xodim qilishicha, attraksion bevosita unga tegishli bo‘lmay, balki ijara asosida ishlaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish