Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:02 / 02.08.2015
4385
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya harbiy desant kuchlarining 90 yoshli faxriysi parashyutdan sakradi
Rossiya harbiy desant kuchlarining 90 yoshli faxriysi Pavel Kletnyov parashyutda sakradi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar bermoqda.
“Men yoshargandayman go‘yo! Taassurotlar yaxshi, yer esa qanday go‘zal! Uylar, yo‘llar, o‘rmon, mashinalar. Barcha kasalliklarni yerda qoldiraman, o‘zim esa samoviy farishta misoli uchaman”, – dedi u matbuotga bergan intervyusida.

Faxriy Leningrad qamalida mudofaa ishtirokchilaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, u Ikkinchi Jahon urushining ko‘plab desant operatsiyalarida ishtirok etgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish