04:42 / 02.08.2015
3246

Rossiya Mudofaa vaziri Shoygu Alabinoda xalqaro armiya o‘yinlariga start berdi

Sibirdan Krasnodar o‘lkasigacha bo‘lgan hududda joylashgan poligonlarda jahonning 17 davlatidan kelgan jamoalar eng yaxshi dala, havo va dengiz harbiy malakalariga egalik bo‘yicha bellashadilar.

Moskva viloyatidagi Alabino shahrida Birinchi xalqaro armiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinlarni ko‘pchilik harbiy Olimpiada deb ham atamoqda. Ochilish marosimi yorqin va boy ko‘rinish oldi – sportchilar va aktyorlar Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rus paytlaridagi tarixiy lavhalarni namoyish qildilar, harbiylar tomoshabinlarni “tank baleti” bilan yana bir bor hayratlantirdilar. So‘ngra o‘yinlar bayrog‘ini 2014 yil chempioni praporshik Denis Akishin yuqoriga ko‘tardi. Osmonda esa “Rus vityazlari” yuqori pilotaj aviatsiya guruhi vakillari o‘z mahoratlarini namoyish qildilar.
“Vajohatli harbiy texnikadagi qurolli odamlar bu yerda, mehmondo‘st rus yerida uchrashib, bellashuvlar oxirida tabassum bilan bir-birlarining qo‘llarini siqib, raqiblarining yutuqlariga xursand bo‘lishlari quvonch bag‘ishlaydi. Bu davlatlarimiz qurolli kuchlari orasidagi ishonchni mustahkamlashning eng yaxshi usuli”, deb aytdi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

Qayd etish joizki, harbiy-sport musobaqasi o‘zining qulochi bilan haqiqatda hayratlantiradi. ArMI-2015 deb nomlangan bu o‘yinlar Novosibirskdan Kaspiyskgacha bo‘lgan poligonlarda bo‘lib o‘tadi. 15 avgustgacha barcha ishtirokchilar dala, havo va dengiz harbiy malakalari bo‘yicha 14 ta tanlovda bellashadilar. Musobaqalarda Hindiston, Quvayt, Nikaragua, Venesuela, Angola kabi 17 ta davlatdan hammasi bo‘lib 2 mingga yaqin harbiy ishtirok etadi.

Top