Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada telelotereya boshlovchisi baraban to‘xtamasdan yutuq raqamini e'lon qildi
Serbiyada davlat lotereyasi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu holat telelotereyaning yoqimtoy ayol boshlovchisi yutuq raqamini lototrondan olmasidanoq e'lon qilib yuborganidan keyin yuz berdi.
Ushbu vaziyatda “21” yutuq raqami baraban hali aylanishda davom etayotgan va mos ravishda yutuq raqamini aytishga hali ertalik qilgan bir paytda ekranda aks etdi.
Ushbu holat yuzasidan serb politsiyasi bir necha kishini so‘roq qildi.
Milliy lotereya rahbari firibgarlikda ayblangandan keyin iste'foga chiqishga majbur bo‘ldi. Politsiya, shuningdek, teleboshlovchi Aleksandra Gudelni ham hibsga olgan.
Ushbu holatni aniqlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tergov davomida politsiya lotereya qurilmasi, shar va kompyuter dasturlarini musodaraa qildi.
Lotereyaning ushbu tirajida million yevro miqdoridagi jyekpot hech kimga nasib qilmadi.
Qayd etish joizki, davlat milliy lotereyasi Serbiyada juda ham ommalashgan.