Sport | 11:56 / 02.08.2015
1959
2 daqiqa o‘qiladi

Venger: "O‘zil yangi mavsumda eng porlagan yulduzlardan biri bo‘ladi"

"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning harakatlaridan mamnun va yangi mavsumda unda ko‘p narsa kutmoqda.

"O‘zil jismonan ancha kuchaydi va Premer liga kurashlari uchun juda yaxshi tayyorlandi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida biz uning jamoa o‘yiniga dirijyorlik qilganini ko‘rdik. O‘zil qaysi ligada o‘ynayotganini his qilib, keskinroq o‘ynay boshladi va ishonamanki, yangi mavsumda eng porlagan yulduzlar safida bo‘ladi. 2013 yilda unga jamoa bilan tayyorlanish uchun vaqt bo‘lmagan edi. 2014 yildagi jahon chempionatidan so‘ng charchagan holatda keldi, shundan so‘ng uni jarohatlar bezovta qildi. Mavsumning ikkinchi yarmidan so‘nggina yangi saviyasini ko‘rsata boshladi.

Yangi mavsum uning uchun juda muhim bo‘ladi. O‘zilning ko‘proq gol urishini istayman, chunki, u hujumga yaqinroq joyda o‘ynaydi, hujumlarni yaxshi yakunlay oladi. Mavsumda 10ta gol ursa ajoyib natija bo‘lar edi. Mesut o‘z statistikasini yaxshilash kerakligini o‘zi ham biladi. Uning o‘yindagi asosiy vazifalari - zukkolik va sifatli to‘p oshirishlardir", - deydi Venger.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish