Jahon | 09:39 / 02.08.2015
1761
1 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyada AQSh harbiy-dengiz kuchlarining oltinchi flotiga tegishli kemada yong‘in chiqdi

31 iyulda AQSh oltinchi flotining flagman kemasi “Maunt Uitni”da yong‘in chiqdi. Bu haqda 1 avgustda kemaga egalik qiluvchi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining oltinchi floti saytida ma'lum qilindi.

TASS nashrida yozilishicha, kema Riyeka port shahridagi “Viktor Lenak” verfida ta'mirlashdan o‘tayotgan bo‘lgan.

“Yong‘in paytida xodimlardan hech kim jarblanmadi. Yong‘in 45 daqiqa ichida kema ekipaji va verf yong‘in brigadasi kuchlari tomonidan o‘chirildi”, deb aytilmoqda xabarda.
Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

“Maunt Uitni” kemasi xizmat muddatini 2039 yilgacha uzaytirish maqsadida Xorvatiyada 2015 yil yanvaridan beri kapital ta'mirlashdan o‘tayotgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish