02:22 / 03.08.2015
3167

“Fiorentina” Xalqaro chempionlar kubogida “Barselona”ni mag‘lub etdi

“Fiorentina” Xalqaro chempionlar kubogida “Barselona”ning ushbu musobaqada ketma-ket uchinchi marta mag‘lub bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv Florentsiyadagi “Artemio Franki” stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobi bilan yakunlandi.
Kataloniyaliklar ushbu musobaqada ketma-ket uchinchi marotaba mag‘lub bo‘lmoqdilar. Bundan avval jamoa “Manchester Yunayted” (1:3) va “Chelsi”ga (2:2, 2:4 pen) “tishi o‘tmagandi”.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Federiko Bernardeski “Fiorentina”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 8 daqiqa o‘tib Bernardeski yana bitta to‘p urib, o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ydi. 1-taymning o‘rtalarida Luis Suares hisobdagi farqni kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

Xalqaro chempionlar kubogi
Fiorentina (Florentsiya, Italiya) – Barselona (Barselona, Ispaniya) – 2:1
Gollar: Bernardeski, 4 (1:0); Bernardeski, 12 (2:0); Suares, 17 (2:1).

Top