Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zmetkombinat” metall quyish unumdorligini ikki barobarga oshiradi
O‘zbekistonda eng yirik metall quyish korxonasi hisoblangan “O‘zmetkombinat” AJ 2016-2017 yilda ishlab chiqarish vositalarini modernizatsiya qiladi. Bu haqda korxonaning investitsiyalar departamenti boshlig‘i Narimon Umarov ma'lum qildi.
Korxonaning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 4 mln dollarlik investitsion loyiha 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan strukturaviy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va difersifikatsiyalash chora-tadbirlari dasturiga kiritilgan.
Loyihaning amalga oshirilishi “O‘zmetkombinat” metall quyish unumdorligini ikki barobarga, ya'ni hozirdagi 1500 tonnadan 3200 tonnagacha oshirishga imkon beradi, deb ta'kidlamoqda Umarov.