14:51 / 03.08.2015
6641

“Univer” serialining yulduzida uchinchi bosqich saraton xastaligi aniqlandi

Rossiyalik aktyor, “Univer” seriali yulduzlaridan biri Andrey Gaydulyanda uchinchi bosqichdagi saraton xastaligi aniqlandi. LifeNews nashrining xabar berishicha, bu tashxis biopsiya amalga oshirilishi natijasida qo‘yilgan.
O‘simta 12X15 sm kattalikka ega bo‘lib, aktyorning o‘pkasiga bosim o‘tkaza boshlagan. Shu bois unda nafas olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar kelib chiqqan. Shunga qaramay, shifokorlar uning tuzalib ketishiga umid qilmoqda, negaki u ancha yosh va baquvvat.
24 iyul kuni Gaydulyanda o‘simta aniqlanganligi xabar qilingan edi. U kimyoviy terapiyadan o‘ta boshlagan edi.

Top