17:44 / 03.08.2015
16024

2015 yil davomida qurilishi mo‘ljallangan «Kamolot» uylarining manzillari ma'lum qilindi

2014 yilning 8 sentabr kunida Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingandi.

Mazkur qaror asosida yosh oilalarga «Kamolot» uylaridagi kvartiralarni sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish yo‘li bilan, boshlang‘ich badal to‘lamasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan foizli stavka bilan (hozirda 9 foizni tashkil qilmoqda) 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrga kredit berilmoqda.

Bunday imkoniyat tufayli bugun “Kamolot” uylaridan birini xarid qilishni niyat qilgan yoshlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda.

Avvalroq, xushnudbek.uz sayti orqali “Kamolot” uylari kimlarga beriladi?” va “Kamolot” uylari haqida qayerdan batafsil ma'lumot olsa bo‘ladi?” nomli maqolalar chop etilgandi.

Bu sayt o‘tgan davr mobaynida “Kamolot” uylari bo‘yicha Respublika komissiyasi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi va ular “Kamolot” uylari haqida ma'lumot olishda saytga yaqindan ko‘mak berishmoqda. Bugun ana shunday hamkorlik doirasida Respublika komissiyasi tomonidan navbatdagi ma'lumot taqdim etilgan.

Quyida 2015 yil davomida O‘zbekistonning qaysi hududlarida “Kamolot” uylari qurilayotganligi, uyning hajmiy ko‘rsatkichlari hamda moliyalashtiruvchi tijorat banklari haqidagi ma'lumotlar o‘z aksini topgan.

Toshkent shahri
1) Bektemir tumani, Suvsoz mavzesi G-60 yo‘li va 20-uy oralig‘i (4 qavatli 32 kvartirali, ATIB “Ipoteka bank”)
2) Mirobod tumani, Qo‘yliq 1-mavze, 15/2-uy oldida (4 qavatli 32 kvartirali, TIF “Milliy bank”)
3) Chilonzor tumani, 7-mavze 1, 2, 3, 7-uylar oralig‘ida (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “Ipak yo‘li banki”)
4) Chilonzor tumani, 7-mavze 1, 2, 3, 7-uylar oralig‘ida (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “Aloqa bank”

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1) Nukus shahri, Abdambetov ko‘chasi (4 qavatli 58 kvartirali, DATB “Asaka bank”)
2) Amudaryo tumani, Gulzor MFY (4 qavatli 48 kvartirali, DATB “Asaka bank”)
3) Nukus tumani, Akmangit MFY (2 qavatli 24 kvartirali, DATB “Asaka bank”)
4) To‘rtkul tumani, Navro‘z MFY (3 qavatli 36 kvartirali, DATB “Asaka bank”)

Andijon viloyati
1) Paxtaobod tumani, Qashqar MFY (4 qavatli 32 kvartirali, ATIB “Ipoteka bank”)
2) Shahrixon tumani, Buvayda MFY, To‘ychi hofiz ko‘chasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATIB “Ipoteka bank”)
3) Andijon shahar. 2-kichik daha (4 qavatli 40 kvartirali, ATIB “Ipoteka bank”)

Buxoro viloyati
1) Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATIB “Ipoteka bank”)
2) ) Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATIB “Ipoteka bank”)
3) Kogon shahri, Ahillik ko‘chasi, 4 qavatli 32 kvartirali, ATIB “Ipoteka bank”)

Jizzax viloyati
1) Jizzax shahri, “Ittifoq” mahallasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “Xalq banki”)
2) Zarbdor tumani, Bo‘ston shaharchasi, Yotoqxona binosi (2 qavatli 20 kvartirali, ATB “Xalq banki”)
3) Mirzacho‘l tumani, G‘alaba MFY (2 qavatli 16 kvartirali, ATB “Xalq banki”)

Qashqadaryo viloyati
1) Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi (4 qavatli 48 kvartirali, ATB “Qishloq qurilish bank”)
2) Kasbi tumani, Mug‘don shahri, Tinchlik ko‘chasi (4 qavatli 36 kvartirali, ATB “Qishloq qurilish bank”)
3) Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi (4 qavatli 48 kvartirali, ATB “Qishloq qurilish bank”)

Navoiy viloyati
1) Karmana tumani, Yangiarik QFY, Talqoq mahallasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “Xalq banki”)
2) Karmana tumani, Yangiariq QFY, Talqoq mahallasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “Xalq banki”)
3) Qiziltepa shahar, A.Navoiy mahallasi (Qiziltepa shahar, A.Navoiy mahallasi, ATB “Xalq banki”)

Namangan viloyati
1) Namangan tumani, Toshbuloq shaharchasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “O‘zsanoat qurilishbank”)
2) Chortoq tumani, Chortoq sh, Do‘stlik mahallasi (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “O‘zsanoat qurilishbank”)
3) Yangiqo‘rg‘on tumani, Yangiqo‘rg‘on shahri (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “O‘zsanoat qurilishbank”)

Samarqand viloyati
1) Samarqand shahri , Sh.Rustaveli ko‘chasi (4 qavatli 48 kvartirali, ATB “Qishloq qurilish bank”)
2) Payariq shaharchasi, Cho‘lpon ko‘chasi (4 qavatli 48 kvartirali, ATB “Qishloq qurilish bank”)
3) Kattaqo‘rg‘on shahri, A.Temur ko‘chasi (4 qavatli 48 kvartirali, ATB “Qishloq qurilish bank”)

Surxondaryo viloyati
1) Termiz shahri, Shimoliy darvoza ko‘chasi (4 qavatli 32 kvartirali, TIF “Milliy bank”)
2) Denov tumani, Pistamazor QFY, O‘rta qishloq mahallasi (2 qavatli 32 kvartirali, TIF “Milliy bank”)
3) Termiz shahri, Shimoliy darvoza ko‘chasi (4 qavatli 32 kvartirali, TIF “Milliy bank”)

Sirdaryo viloyati
1) Guliston sh., 4-mavze (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “O‘zsanoat qurilishbank”)
2) Sirdaryo tumani, Sirdaryo shaharchasi 7- Haqiqat mahallasi 1-mavze Buyuk Turon ko‘chasi (2 qavatli 16 kvartirali, ATB “O‘zsanoat qurilishbank”)
3) Mirzaobod tumani, Toshkent QFY, Toshkent SIU (2 qavatli 16 kvartirali, ATB “O‘zsanoat qurilishbank”)

Toshkent viloyati
1) Bekobod shahri G‘.G‘ulom ko‘chasi (4 qavatli 16 kvartirali, ATB “Aloqa bank”)
2) Olmaliq shahri, Totuvli ko‘chasi 9-uy (4 qavatli 32 kvartirali, ATB “Aloqa bank”)
3) Ohangaron tumani, Yangilik MFY (5 qavatli 20 kvartirali, ATB “Aloqa bank”)

Farg‘ona viloyati
1) Marg‘ilon shahar, Ipakchilar ko‘chasi, yotoqxona binosi (4 qavatli 44 kvartirali, TIF “Milliy bank”)
2) Farg‘ona shahar. Farg‘ona ko‘chasi 70-uy, yotoqxona binosi (4 qavatli 48 kvartirali, TIF “Milliy bank”)
3) Qo‘qon shahri, Xo‘qandiy mavzesi (4 qavatli 48 kvartirali, TIF “Milliy bank”)

Xorazm viloyati
1) Urgench shahri, “Yoshlik” massivi (4 qavatli 32 kvartirali, DATB “Asaka bank”)
2) Urgench tumani “G‘alaba” massivi (4 qavatli 32 kvartirali, DATB “Asaka bank”)
3) Honqa tumani “Andalip” ko‘chasi (4 qavatli 32 kvartirali, DATB “Asaka bank”)

Top