Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokat: Snouden hali Rossiya fuqaroligini olish haqida o‘ylamayapti
AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden hali Rossiya fuqaroligini olish haqida o‘ylamayapti. Bu haqda uning advokati Anatoliy Kucherena ma'lum qildi.
“Biz hozircha u bilan ushbu masalani muhokama qilmadik, bunga hali erta, negaki Rossiya fuqaroligini olish uchun o‘tish talab qilinadigan jarayondan o‘tish lozim: Rossiya hududida kamida besh yil yashash kerak. Boshpana vaqtining va uch yillik ruxsatnomaning tugashidan so‘ng fuqarolik haqida o‘ylab ko‘rish mumkin bo‘ladi, agar, albatta, unga bu qiziq bo‘lsa”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
2014 yilning 1 avgust kuni Snouden Rossiya va uning tashqarisida yurishga uch yillik ruxsatnoma oldi.