O‘zbekiston | 23:59 / 03.08.2015
4727
2 daqiqa o‘qiladi

Epidemiologlar ko‘chada sotiladigan tarvuzlarni xarid qilmaslikka chaqirmoqda

O‘zbekistonlik bir qator epidemiolog mutaxassislar va shifokorlar ko‘chalarda tegishli qoidalarga rioya qilinmagan holda sotiladigan poliz ekinlarini xarid qilmaslikka chaqirmoqda. Aytilishicha, yozning issig‘ida bunday mahsulotlar iste'molchining
sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Jumladan, Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining ovqatlanish gigiyenasi bo‘limi mudiri Qamariddin Boqiyev “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida dehqon bozorlarida faoliyat yuritayotgan veterinariya-laboratoriya
punktlari mahsulotlarni tekshirib sotuvga ruxsat berishi, ammo belgilanmagan joylarda, ko‘cha bo‘yida, chorrahalarda, dahalar ichida, aravalarda uyma-uy qovun-tarvuz sotib yurganlar bunday talablarga rioya qilmayotganliklarini ta'kidlab o‘tdi.
“Ular sotadigan poliz mahsulotlari xavfsizlik ko‘rsatkichlariga tekshirilmay yoki quyosh nuri yaqqol tushib turgan joylarda emin-erkin sotilishiga guvoh bo‘lamiz, – deydi u. – Mazkur holat mahsulot sifatining buzilishiga olib keladi. Iste'molchi
esa mevaning qayerda yetishtirilgani, uning sog‘liqqa ta'sir ko‘rsatishi mumkin yoki mumkin emasligidan mutlaqo bexabar”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish