17:20 / 03.08.2015
2472

Hindistonda 857ta saytga bolalarning kirishi cheklab qo‘yildi

Hindistonda 857ta behayo videolar joylanuvchi saytlarga bolalarning kirishi cheklab qo‘yildi. Bu haqda BBC News nashri xabar tarqatdi.

Blokirovka qilish jarayonining o‘zi bir necha kun vaqtni olgan. Hindiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi bergan ma'lumotga ko‘ra, bu borada o‘ta qattiq talablar qo‘yilmagan.

Oliy sud qaroriga ko‘ra, mamlakat internet-provayderlariga erkin va ochiq holdagi porno saytlar ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha maslahatlar berilgan. Voyaga yetgan hindistonliklar esa bu saytlarni ko‘rishi mumkin. Faqat buning uchun virtual xususiy tarmoqlar (VPN) yoki proksi-serverlar xizmatidan foydalanishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu cheklov mamlakatda keng muhokama qilinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda #pornban, xeshtegi yordamida ular nega hindistonlik bolalar bunday filmlarni ko‘rib zavq olmasligiga izoh berishlarini so‘ragan.

Top