Jamiyat | 22:27 / 03.08.2015
8596
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki o‘zbekistonlik Vladivostok plyajida mahalliy ayolning nomusiga tajovvuz qildi

Rossiyaning Primore o‘lkasida politsiya xodimlari Vladivostokda yashovchi 28 yoshli ayolning nomusiga tajovvuz qilganlikda gumon qilib ikki nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga oldilar. Jabrlanuvchining aytishicha, u 2 avgustda Vtoraya Rechka hududidagi plyajda kimsasiz joyda dam olayotganda unga osiyoliklarga mansub ikki nafar erkak hujum qilgan. Erkaklar avval ayolni urib, keyin uning nomusiga tekkanlar.

Ayol politsiyaga murojaat qilgan va u bergan ma'lumotlarga ko‘ra jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ular 1987 va 1989 yilda tug‘ilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.

Ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Zo‘ravonlar 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish