Jahon | 07:04 / 03.08.2015
1526
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada yong‘in tufayli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

AQShning Kaliforniya shtati shimolida yirik o‘rmon yong‘ini yuz berishi tufayli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, yong‘in tufayli Sakramento tumani hududidagi o‘nlab yo‘llar yopib qo‘yilgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlarning yo‘qligi ma'lum qilingan. Bu hududda 2ta turarjoy binosi va boshqa o‘nlab binolar yong‘in domida qolgan.
Ayni vaqtda 6 mingga yaqin xonadon yong‘in ichida qolish xavfi ostida turibdi.

Yong‘inning tarqalishiga hududdagi qurg‘oqchilik va shamol sabab bo‘lmoqda.

Yong‘in hududidan janubdagi Oregon shtatida o‘t o‘chiruvchilardan biri ofatga qarshi kurash chog‘ida halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish