Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev sudi sobiq bosh vazirning o‘g‘liga tegishli Sardiniyadagi ko‘chmas mulkka band soldi
Kiyevning Pechersk tuman sudi Italiyaning Olbiya shahridagi Aleksey Azarovga tegishli ikkita uyni va “Avgust 2012 s.r.l.” kompaniyasi bank hisobini hibs etdi.
Ta'kidlanishicha, Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarovning o‘g‘li noqonuniy boyishda gumon qilinib, tergov amalga oshirilmoqda. Aniqlanishicha, 2012-2014 yillarda Aleksey Azarov xalq deputati bo‘lgan paytida noma'lum manbalardan 7.7 mln yevro, 500 va 600 ming Shveytsariya franki olgan. Keyinchalik bu mablag‘ Shveytsariya, Italiya va Lixtenshteyn banklarida joylashtirilgan.
Italiya politsiya o‘tgan yil kuzidayoq Azarovning aktivlarini hibs etgani aytilmoqda.