Jahon | 08:56 / 03.08.2015
2501
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Suriya muxolifati va XAMAS rahbarlari bilan uchrashadi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qatarga uyushtiradigan rasmiy tashrifi davomida Suriya Milliy koalitsiyasining sobiq yetakchisi Ahmad al-Xatib bilan uchrashishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.

"Qatarga tashrif davomida Suriya Milliy koalitsiyasining sobiq rahbari Ahmad al-Xatib hamda XAMAS siyosiy byurosi vakili Xolid Mashal bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan", deyiladi rossiyaliklar delegatsiyasi xabarida.

Shuningdek, Lavrov bu safari davomida Kuvayt TIV va Ummon TIV rahbarlari bilan uchrashadi.

3 avgust kuni Rossiya TIV rahbarining AQSh va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirlari Jon Kerri hamda Odil Jubayr bilan uchrashuvi o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish