Jahon | 22:40 / 03.08.2015
2141
1 daqiqa o‘qiladi

McDonald's Avstraliyada gurmanlar uchun nonushtalarni sinovdan o‘tkazmoqda

AQShning tez tamaddixonalar tarmog‘i McDonald's Avstraliyada gurmanlar uchun nonushtalarni sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda Metro nashri. Yangi taomnoma Brinsbenga yondosh shaharchada sinovdan o‘tkazilmoqda.

Café Breakfast deb nomlangan ushbu nonushtaning narxi 11 avstraliya dollarini tashkil qilib, unga bekon, chipolata kolbasalari, tuxum, ismaloq, grilda pishirilgan pomidorlar, kartoshkadan tayyorlangan oladya va tomatli sous-relish kiritilgan.

Bundan tashqari, McDonald's ga tashrif buyuruvchilarga rezavor mevalarga ega belgiya vaflisi yogurt bilan, avokadoli makkajo‘xori oladyalari va boshqa taomlar taklif qilinadi.

Bu nonushta Avstraliyaning qolgan joylari va boshqa davlatlarda ham joriy qilinishi hozircha noaniq.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish