23:40 / 03.08.2015
3606

Namanganlik yigit mast qarindoshini ketmon bilan o‘ldirib qo‘yishiga bir bahya qoldi

Namanganda ikki qarindosh o‘rtasida kelib chiqqan janjal qon to‘kilishi bilan yakunlandi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Namangan viloyatining Tepaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Said Dadajonov to‘yga borib, u yerda tanishlari bilan ichkilikbozlik qildi. Mast bo‘lib qolgach, davrada o‘tirgan qarindoshi, amakisining nabirasi Davronga yopishib oldi. U Davrondan yarim tunda uni amakisining oldiga olib borishni talab qildi.
Davron qarindoshining fe'l-atvorini bilgani bois uni uyga bir amallab olib bordi. Ammo Dadajonov, amakisi uxlab yotgan bo‘lishiga qaramay, ularning uyiga bostirib kirdi va butun qishloqni boshiga ko‘tarib janjal qildi. Ikki qarindosh bahslashayotgan paytda Davron o‘zini himoya qilish uchun qo‘liga ketmonni oldi, ammo noxos harakati bois u Dadajonovning ensasiga tegib ketdi.
Xushini yo‘qotib, qonga belangan Dadajonov shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qoldi. Davron esa sud oldida javob berishga majbur bo‘lmoqda.

Top