Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:38 / 03.08.2015
2177
1 daqiqa o‘qiladi
Odessada “Samooborona” tashkiloti shtabida portlash sodir bo‘ldi
Ukrainaning Odessa shahridagi “Samooborona” tashkiloti shtabi binosida portlash sodir bo‘ldi.
Aytilishicha, portlash tungi soat 3:20da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga tergov guruhi yetib kelgan. Dastlabki tekshirishning ko‘rsatishicha, binoda trotil ekvivalentida 200 gr quvvatga ega qo‘lbola portlash uskunasi ishlab ketgan. Natijada oynalar singan va darvozaga zarar yetgan. Hech kim jabrlanmagan.
1 avgust kuni tashkilot a'zolari Mariupol shahri aholisini himoya qilish bo‘yicha aksiyaga qo‘shilish uchun binoni tark etishgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish