Sport | 12:54 / 03.08.2015
3454
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Butunjahon maxsus olimpiadasida 37ta medal olishdi

O‘zbekiston maxsus olimpiada terma jamoasi 2015 yilning 21 iyul-2 avgust kunlarida AQShning Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon maxsus olimpiadasida ishtirok etdi.

Musobaqada 170 davlatdan 7000 mingga yaqin sportchilar qatnashgan.

O‘zbekiston terma jamoasining ishtirokiga homiylik qilgan «Sen yolgiz emassan» fondining feysbukdagi sahifasida xabar berilishicha, o‘zbekistonliklar bu musobaqada 38ta medal olishdi.

"Intellektual imkoniyatlari cheklangan insonlarga mo‘ljallangan Maxsus olimpiadada bu yil dunyoning 170 mamlakatining jamoalari ishtirok etdi. 20ta yigit-qizlarimizdan iborat bo‘lgan bizning jamoamiz jami 37 (10 oltin, 13 kumush, 14 bronza) medallarni qo‘lga kiritib, eng muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoalardan biri bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Quyida g‘oliblar keltirilgan:

Suzish:
Alina Nushtayeva – 100 metr masofaga suzish bo‘yicha 1ta oltin medal va 4x25 m estafetada 1ta kumush medal.
Nikolay Karimov – 50 m fristaylda 1 oltin medal va 4x25 m estafetada 1ta kumush medal.
Doniyor Tojimetov – bras usulida 50 metr masofaga suzish bo‘yicha 1ta bronza medali.
Angelina Gavrina – chalqanchasiga 25 metrga suzish bo‘yicha – 1ta bronza medali.

Badminton:
Nasiba Minozarova – shahsiy musobaqalarda 1ta oltin medal.
Abduaziz Abdusalomov - shahsiy musobaqalarda 1ta kumush medal.

Sport gimnastikasi (o‘g‘il bolalar):
Aziz Sobirov – 3ta oltin va 1ta kumush medali.
Jasur Ochilov – 2ta kumush va 3ta bronza medali.

Sport gimnastikasi (qiz bolalar):
Masha Loginova – 2ta kumush va 2ta bronza medali.
Dilnoza Yuldosheva – 1-daraja – 1ta kumush medali.

Gimnastika:
1–daraja
Moxinabonu Tulaganova – gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo‘yicha – 2ta kumush va 1ta bronza medali.
4–daraja
Albina Xabibulina – gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo‘yicha – 1ta oltin, 2ta kumush, 1ta bronza medali.
Kristina Rasshupkina – gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo‘yicha – bronza medali.

Yengil atletika:
Aleksandr Obidov – 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha 1ta oltin medal, 200 metr masofalarga yugurish bo‘yicha 1ta bronza medal va 4x100 metr estafeta yugurishda 1ta bronza medali.
Darya Jukova – 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha 1ta oltin medal, 200 metrga yugurishda 1ta kumush medali.
Rufina Shagardanova – uzunlikka sakrash bo‘yicha 1ta oltin medal.

Stol tennisi:
Rovshan Yakubov – shaxsiy musobaqalarda 1ta bronza medali.
Yulduz Abdusodiqova – shaxsiy musobaqalarda 1ta bronza medali.

Maxsus olimpiada o‘yinlari butunjahon sport harakati bo‘lib, imkoniyatlari cheklangan insonlarning yil davomida sport bilan muntazam shug‘ullanib borishlarini ta'minlash maqsadida tashkil qilib kelinadi. Shuningdek bu tadbir reabilitatsiyaga muhtoj insonlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish