20:52 / 03.08.2015
2732

Ruminiya “LUKoyl” kompaniyasini 1,77 mlrd yevro miqdorida pul yuvganlikda ayblamoqda

Ruminiya prokuraturasi Rossiyaning “LUKoyl” kompaniyasining Ruminiyadagi sho‘'ba korxonasiga firibgarlik va pul yuvganlik bo‘yicha ayblov e'lon qildi. Bu haqda Ruminiya moliya vazirligiga iqtibos keltirgan holda Nine O`clock portali xabar bermoqda.

O‘z navbatida TASS axborot agentligi Bloomberg agentligiga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, Ruminiya prokuraturasi “LUKoyl”ni 1,77 mlrd yevrolik firibgarlikda ayblamoqda.

Avvalroq “LUKoyl” Yevrokomissiyaga Ruminiyadagi aktivlari borasidagi mojaroni hal kilishda qo‘llab-quvvatlashini so‘rab murojaat qilgani ma'lum qilingandi.

Top