Texnologiya | 17:50 / 03.08.2015
2191
1 daqiqa o‘qiladi

Safari foydasiga Chrome’dan voz kechish MacBook’ning qo‘shimcha bir soat ishlashiga imkon beradi

Safari o‘rniga Chrome internet brauzeridan foydalanish MacBook’ning ishlash muxlatini bir soatga qisqartiradi, deb ma'lumot beradi Ubergizmo.
Safari brauzerining maxsus texnologiyalaridan biri elektr quvvatini tejaydi, bunda brauzer og‘ir va katta hajmli sahifalarni ochishni taqiqlaydi. Shu bilan birga, brauzer animatsiyalarni energiyani kam sarflaydigan plaginlar yordamida ochib beradi, bu ham akkumulyator sarflarini bir qadar kamaytiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish