Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryoda 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni isloh qilish dasturi ijrosi sust bormoqda
Hududlarda joriy yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy qayta o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlari ijrosiga bag‘ishlangan faollar yig‘inlari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi yig‘ilishlarda yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, meva-sabzavotni qayta ishlash va eksport qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar mavjud imkoniyat va salohiyat darajasida emasligi ko‘rsatib berildi.
Bundan tashqari, “Oila davrasida” nashrining yozishicha, Surxondaryo viloyati faollari majlisida Boysun, Qumqo‘rg‘on, Qiziriq, Muzrobod, Denov tumanlarida belgilangan eksport hajmi bajarilmagani, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarda tayyor mahsulot, butlovchi buyum va materiallar ishlab chiqarish talabga javob bermayotganligi ta'kidlandi.