Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:55 / 03.08.2015
3451
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya qiroli fransiyaliklarning noroziliklari sababli Fransiyadagi ta'tilini erta yakunladi
Fransiyaning River shahridagi sohilning xavfsizlik maqsadida yopilishi sabab Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz ol-Saudning ta'tili uning xavfsizligi nuqtai-nazaridan muddatidan oldin bekor qilindi. Bu haqda «Rossiyskiy dialog» nashri xorij matbuoti ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatdi.
Unda yozilishicha, qirol rejalashtirgan uch haftalik ta'tilning sakkizinchi kunidayoq Marokashga jo‘nab ketgan. Mahalliy mansabdor shaxslardan birining aytishicha, u bilan birgalikda 1000 nafar qo‘riqchilar Fransiyaga kelgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish