Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sony 8 yil ichida eng katta daromad ko‘rdi
Sony kompaniyasining fotomodullar va videoo‘yinlar sotilishi natijasida daromadlari bo‘yicha 8 yil ichidagi eng katta natijani qayd etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
2015 yilning iyunida yopilgan dastlabki moliyaviy chorakda kompaniya operatsion daromadini 39 foizga oshirib, 96.9 mlrd iyenaga (780.8 mln dollar) yetkazdi. Bu tahlilchilarning taxminlaridan 73.3 mln iyenaga ko‘proqdir. Ayni paytda, olingan daromad 2007 yil aprel-iyun oylaridan buyon qayd qilingan eng yirik natija bo‘ldi.
Sony’ning sof foydasi uch barobarga oshib, 82.44 mlrd iyenani (665 mln dollar), tushum esa 1.81 trln iyenani (14.6 mlrd dollar) tashkil etdi.
Kompaniyaning o‘yin biznesidagi operatsion foydasi 19.5 mlrd iyenaga (157.3 mln dollar) yetdi (o‘tgan yilgidan 351 foizga ko‘proq). Bunga nafaqat PlayStation 4ning xaridorgirligi, balki kiberhujumlar natijasida olingan sug‘urta to‘lovlari sabab bo‘ldi.
Shu bilan birga, dollar kursining ko‘tarilishi Sony Mobile bo‘linmasining 22.9 mlrd iyena (184.7 mln dollar) operatsion zarar ko‘rishiga olib keldi.