Taniqli futbol agenti Jorjye Mendeshning to‘yidan fotolavhalar
Portuning yirik muzeylaridan birida Krishtianu Ronaldu, Pepe, Fabio Koentrau kabi futbolchilarning agenti hisoblangan taniqli portugaliyalik futbol agenti Jorjye Mendesh bilan uning ma'shuqasi Sandra Barbosaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Mendeshga to‘yda Krishtianu Ronaldu kuyovjo‘ralik qildi.
Shuningdek, Ronaldu Mendeshga to‘y sovg‘asi sifatida Gretsiyadagi orollardan birini tortiq qildi.
Mendesh Portugaliyaning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi. Agent o‘tkazgan transferlarning umumiy bahosi milliard yevrodan oshadi. Uning o‘zi esa bu bitimlardan 100 mln yevroga yaqin pul ishlab olgan.
Jurnalistlar uchun yopiq bo‘lgan to‘y marosimida “Real”ning Pepe, Fabio Koentrau, Xames Rodriges kabi o‘yinchilari bilan bir qatorda futbol olamining boshqa vakillari ham ishtirok etdilar.
To‘y avval Sao Joao Baptista cherkovida nikohlash marosimi bilan boshlanib, keyin muzeyda davom ettirildi.
Pintu da Koshta, «Portu» prezidenti.
Bosingva ham to‘ydan benasib qolmadi.
“Benfika”ning sobiq va “Sporting”ning amaldagi bosh murabbiyi Jorjye Jyezush va darvozabon Ruy Patrisiu
Florentino Peres.
Portugaliya termasining sobiq bosh murabbiyi Paulu Bentu.
Paulu Ferreyra.
Pepe
Koshtinya.
Xames.