Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi va “IShID”ning 1300 nafar ehtimoliy a'zosi hibsga olindi
O‘tgan hafta mobaynida turk politsiyasi Kurdiston ishchi partiyasi va “IShID” terrorchilik tashkiloti faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib, 1300 nafar kishini hibsga oldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Jangarilarga qarshi reydlar mamlakatning 39 ta viloyatida o‘tkazildi. Hibsga olinganlar orasida o‘nlab xorijliklar bor.
2 avgust kuni terrorchilik bilan kurashish bo‘limi xodimlari Antaliyada maxsus operatsiya o‘tkazdilar. Reydning o‘tkazilishiga Kurdiston ishchi partiyasining saytlarida mamlakatning yirik shaharlarida zo‘ravonlik qo‘llagan holda tartibsizliklar uyushtirishga undov paydo bo‘lgandan keyin qaror qilindi.
Politsiya xodimlari 20 kishini qo‘lga oldi, ularning yonlaridan partiyaga teshigli hujjatlar topilgan. Hibsga olinganlar politsiyaga so‘roq qilingani jo‘natilgan.