Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zominda dorivor o‘simliklarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi
Jizzaxning Zomin tumanida dorivor o‘simliklarni qayta ishlash va qadoqlash markazi ochiladi. Bu haqda Kultura.uz sayti xabar bermoqda.
Zomin tog‘lari turli dorivor o‘simliklarga boydir. Aynan shu bois markazni ushbu hududda tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Aytilishicha, markazda dorivor o‘simliklar qayta ishlanib, tayyor mahsulot qadoqlanadi va sotuvga chiqariladi. Bu ish mutaxassislar nazorati ostida xalqaro standartlar talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bugungi kunda markazni jihozlash uchun zarur asbob-uskuna sotib olish va o‘rnatish masalasi hal qilinmoqda.