08:20 / 04.08.2015
3797

“LUKOyl” Janubiy Koreya banklari yordamida O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirmoqchi

“LUKOyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekberov O‘zbekistondagi Qandim konlari guruhida ish olib borish loyihasini moliyalashtirishga Janubiy Koreya banklarini jalb qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

Uning aytishicha, ayni paytda O‘zbekistondagi loyihalarni Osiyo taraqqiyot va tiklanish banki moliyalashtirmoqda.

“Bugun Janubiy Koreya banklari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, negaki Hyundai O‘zbekistondagi Qandim konida zavod qurish bo‘yicha tenderda g‘alaba qozondi, va u yerdagi banklar loyihaviy moliyalashtirishga tayyorlanmoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi “LUKOyl oversiz” nashri.

Top