Moskva vaqti bilan 16:50 dan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘iga kirishning iloji bo‘lmayapti, deb ma'lum qildi tvitterda ijtimoiy tarmoqning matbuot kotibi Georgiy Lobushkin.
“Gazeta.Ru” muxbirlari ijtimoiy tarmoqning na veb-versiyasiga, na mobil versiyasiga kirisha olmayotganlarini aytishmoqda.
O‘tgan haftada ham ijtimoiy tarmoq ishida nosozliklar kuzatilgan edi. Lobushkin bunga kommutator ishidagi nosozlik sabab bo‘lganini aytgan edi.