Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Fors ko‘rfazi davlatlari Suriyada hokimiyat almashishi kerakligini aytmoqda
AQSh va Fors ko‘rfazi arab davlatlari ittifoqi a'zolari Suriyada yangi hukumat shakllantirilishi kerakligini ta'kidlamoqda. Taraflarning diplomatik idoralari rahbarlarining Qatarda o‘tgan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra AQSh davlat departamenti tomonidan e'lon qilingan bayonotda bu holat qayd qilindi.
“Vazirlar Suriyada hukumat topshirilishiga chaqirdilar, Bashar Asad qonuniyligini yo‘qotganligini aytdilar. Ular xalq manfaatlarini himoya qiluvchi va milliy birlikka yordam beruvchi, plyuralizm va inson huquqlari himoyasini ta'minlovchi yangi hukumat shakllantirilishi lozimligini ta'kidladilar”, – deyiladi hujjat matnida.
Shuningdek, Bashar Asad rejimi tomonidan xalqqa nisbatan kuch qo‘llanayotgani qoralandi.