20:06 / 04.08.2015
3387

Buxoroda tillafurush ayolning 800 dollarini olib qochgan talonchilar mashina raqami o‘g‘irlaganlaridan fosh qilindi

Buxoroda tilla buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi ayolni tunab, 800 dollar pulini olib qochgan talonchilar guruhi mashina raqami o‘g‘irligidan fosh qilindi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Firdavs, Nodir va Rahim ismli yosh yigitlar pul topish maqsadida bozorda tilla buyumlar sotuvchi Munira ismli ayolni kuzatib yurishgan. Bir kuni kechasi ayol uyiga qaytayotganida yigitlar unga hujum qilib, 800 dollar pulini olib qochishgan.

Ushbu jarayonda jinoyatchilar yuzlariga niqob taqib olganliklarini aytilmoqda.

Bundan tashqari, talonchilar qilmishini yashirish maqsadida ko‘chada qarovsiz qoldirilgan Matiz rusumli avtomashinaning davlat raqamini o‘g‘irlab, Lacetti’ga taqib olishgan edi. Aynan mana shu holat ularni fosh qilib qo‘ydi: mashina egasi darhol ichki ishlar idorasiga murojaat qildi. Natijada jinoyatchilar tezda qo‘lga olindi. Ularning boshqa bir jinoyatga – talonchilikka ham aloqador ekanligi tergov jarayonida aniqlandi.

Top