Jamiyat | 07:01 / 04.08.2015
2253
2 daqiqa o‘qiladi

Buryatiyada 20 nafarga yaqin kishi nefrit saqlanadigan bazaga bosqinchilik uyushtirdi

3 avgust kuni Buryatiyada o‘qotar qurol bilan qurollangan 20 nafarga yaqin noma'lum shaxslar nefrit saqlanadigan korxona bazasiga bosqinchilik qildi. Bosqinchilardan biri o‘ldirilgan, deb xabar bermoqda respublika ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

“Voqea haqidagi xabar politsiyaga xususiy qo‘riqlash korxonasi xodimi tomonidan kelib tushdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘riqlash korxonasi xodimlari tomonidan “Sayga” xizmat o‘qotar quroli qo‘llanishi oqibatida Orlik qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, hech qayerda ishlamaydigan 28 yoshli erkak olingan jarohatlardan voqea joyida halok bo‘lgan”, deb aytiladi xabarda.

Bosqinchilar voqea joyidan qochib ketishgan. Hozirda ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Buryatida Rossiya nefrit zaxirasining 90 foizi, jumladan eng qimmatbaho navi – oq nefrit jamlangan. Har yili respublikada ushbu mineraldan 270 tonna olinadi. Respublika xalqaro bozorga nefrit yetkazib beruvchi yetakchi uchlikka kiradi. Shuningdek, Xitoyga kontrabanda qilinadigan nefritning asosiy qismi shu yerdan yetkaziladi.
Nefrit zargarlik va dekorativ-badiiy buyumlar yasashda ishlatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish