Sport | 15:10 / 04.08.2015
2056
1 daqiqa o‘qiladi

David Luiz: 5-6 yildan keyin MLS dunyoning eng kuchli chempionatlaridan biriga aylanadi

"PSJ" klubi himoyachisi David Luiz vaqti kelib faoliyatini AQSh chempionatida davom ettirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

"Yana besh-olti yildan keyin MLS dunyoning eng kuchli chempionatlaridan biriga aylanadi. U yerga ketayotgan futbolchilarga qarab ham bunga baho bersa bo‘ladi. Stiven Jyerrard, David Vilya, Pirlo, Kak va boshqalarni sanab o‘tish mumkin. Kelajakda u yerda yanada ko‘proq mashhurlar yig‘ilsa, ajab emas. Men ham bir kun kelib AQSh chempionatida to‘p surishimga ishonaman. AQShda muxlislar futbolni sevishadi", - deydi Luiz.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish