O‘zbekiston | 12:15 / 04.08.2015
2932
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida "Qadimiy Choch madaniy merosi" nomli ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida «Qadimiy Choch madaniy merosi» deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Unda Toshkent viloyatidagi Qonqa hamda Qorshovultepa qadimiy yodgorlik majmualari topilmalari namoyish etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xalqaro madaniyat karvon saroyida tarixiy qadamjolar, shahristonlar, yodgorlik majmualariga arxeologik ekspeditsiyalar uyushtirish, ularni o‘rganish, qadimiy topilmalarni qayta tiklash, umrini uzaytirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada arxeolog olimlar tomonidan Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi Qorshovultepa hamda Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qonqa yodgorlik majmualariga o‘tkazilgan ekspeditsiyalar natijasida topilgan qadimiy ashyolar tomoshabinlar e'tiboriga havola etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish