Jamiyat | 17:43 / 04.08.2015
1983
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘tgan haftada yuz bergan yong‘inlar oqibatida 8 nafar fuqaro turli darajada jarohatlandi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 251ta yong‘inlar sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 943 mln. so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 875 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi shaxsning xonadonida olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 80 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, oshxonasining 70 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish