Jamiyat | 08:51 / 04.08.2015
4322
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik 22 yoshli yigit etnik nizoni targ‘ib qilgani uchun 3 yilga qamaldi

Qozog‘istonning Petropavlovsk shahri sudi 22 yoshli fuqaroni 3 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Shimoliy Qozog‘iston viloyati prokurori o‘rinbosari Aray Alimov ma'lumot berdi.

Aytilishicha, Alxanashvili familiyali aybdor internet orqali etnik qarama-qarshilikni targ‘ib qilib borgan. Jumladan, “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida shu yo‘nalishdagi materiallarni joylashtirib borgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish