Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:46 / 04.08.2015
4855
1 daqiqa o‘qiladi
Qozon aeroportida o‘zbekistonlik yo‘lovchilardan olib qo‘yilgan qazi mahsulotlari yoqib yuborildi
Rosselxoznadzorning Tatariston bo‘yicha boshqarmasi Qozon aeroportida O‘zbekistondan olib kelingan qazi partiyasi yo‘q qilinganini ma'lum qildi. Qazilar aeroportning pechida yoqib yuborilgan.
Ma'lum qilinishicha, qazi bir necha nafar yo‘lovchining safar xaltasida aniqlangan. Mahsulot noqonuniy ravishda olib kirilgan hamda veterinarlarning zarur hujjatlariga ega bo‘lmagan.
Qazilarni turli yuqumli kasalliklar tarqalishi oldini olish maqsadida qo‘shimcha tekshiruvlarsiz yo‘q qilishga qaror qilingan.