Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:34 / 04.08.2015
3297
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyalik va polshalik 4 alpinist Qirg‘izistonning Lenin cho‘qqisiga chiqish paytida halok bo‘ldi
Rossiyalik va polshalik 3 nafar alpinist Qirg‘izistondagi Lenin cho‘qqisiga chiqish paytida halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh shtabi axborot ta'minoti boshqarmasi xabar berdi.
“Qirg‘iz Respublikasi qurolli kuchlari harbiy mudofaa kuchlari vertolyotlari Batken viloyatiga parvoz qilib, Qadamjoy tumanida Lenin cho‘qqisi hududidan halok bo‘lgan 3 nafar rossiyalik va 1 nafar polshalik alpinistni evakuatsiya qildi”, – deyiladi bayonotda.
Lenin cho‘qqisining balandligi 7 134 m ni tashkil qiladi.