Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Telegraph nashri Ibrohimovichni haddan ziyod yuqori baholanib yuborilgan futbolchilar reytingiga kiritdi
Buyuk Britaniyada chop etiladigan The Telegraph nashri “PSJ” klubining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovichni haddan ziyod yuqori baholanib yuborilgan futbolchilar reytingiga kiritdi. Ushbu ro‘yxat nashr saytida keltirilgan.
Reyting mualliflarining fikricha, 2012 yildan beri Fransiya chempionatida to‘p surib kelayotgan shved “o‘zi o‘ylaganchalik yaxshi emas”. Buning ustiga, Ibrohimovich biror marta Chempionlar Ligasini yutmagani uning foydasiga gapirmaydi. Nashrning fikricha, sportchi maydondan ko‘ra ko‘proq uning tashqarisidagi nojo‘ya xatti-harakatlari bilan nom chiqargan.
Ibrohimovich o‘zining mojarolarga sabab bo‘luvchi qilg‘iliqlari va gaplari bilan nom chiqargan, shu bilan birga u Shvetsiyada katta hurmatga ega. 2014 yilda futbolchi 500 kg lik bug‘uni ovda otib o‘ldirgani hayvonlar himoyachilarining noroziligiga sabab bo‘lgan, joriy yilning fevralida esa u o‘z jamoadoshlariga matbuot bilan gaplashishni taqiqlab qo‘ygan. 2012 yilda sportchining ona tilisida zlatanera fe'li paydo bo‘lgan, bu “maydonda va uning tashqarisida kuch ishlatgan holda ustunlik qilish” ma'nosini anglatadi.
33 yoshli futbolchi Shvetsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar (56 ta to‘p) hisoblanadi va 8 marta Shvetsiyaning yil o‘yinchisi deb topilgan.
Ushbu ro‘yxatga o‘tgan mavsumda 28 ta o‘yinda 4 ta to‘p urgan “Liverpul” hujumchisi Mario Balotelli boshchilik qilmoqda.
Shuningdek, bu reytingdan Jahon va Yevropa chempioni Serxio Ramos (9-o‘rin), «Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jyerrard (11-o‘rin), 1993 yilgi «Oltin to‘p» sohibi, mashhur italiyalik futbolchi Roberto Badjo (12-o‘rin) va Gruziyada ikki bor yil o‘yinchisi deb topilgan Georgiy Kinkladze (20-o‘rin) ham o‘rin olgan.