Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida chiqqan otishmada ikki kishi yaralandi
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi otishma oqibatida ikki kishi yaralandi. Voqea chegaradagi Chorko‘h qishlog‘ida sodir bo‘ldi.
Tojikiston huquq-tartibot organlarining ma'lum qilishicha, o‘t qirg‘izistonliklar tomonidan ochilgan. Qirg‘iziston vakillari, o‘z navbatida, bu ma'lumotni inkor qilmoqda.
Shuningdek, bir qancha guvohlar qirg‘izistonliklar Tojikiston tomonidagi Somoniyon qishlog‘idagi uylarga o‘t qo‘yilganligini ma'lum qilmoqda.
Ikki davlat chegarasidagi vaziyatning keskinlashuviga chegaradosh qishloqlar aholisi o‘rtasida kelib chiqqan nizo sabab bo‘lmoqda. Aytilishicha, qirg‘izistonliklar suvni berkitib qo‘ygan, bunga javoban tojikistonliklar yo‘lni yopib qo‘ygan. So‘ng ular bir-birini toshbo‘ron qilgan. Mojaroda ikki tomondan 200 kishi ishtirok etgan.
Ayni paytda ixtilof hududiga chegara qo‘shinlari olib kelingan, muzokaralar olib borish ko‘zlanmoqda.