O‘zbekiston | 10:41 / 04.08.2015
2274
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zmetkombinat” metall quyish ishlab chiqarishi samaradorligini 2 barobarga oshiradi

2016-2017 yillarda “O‘zmetkombinat” AJ mamlakatdagi o‘ziga tegishli eng yirik metall quyish ishlab chiqarishi samardorligini 2 barobarga oshiradi. Bu haqda korxonaning investitsiyalar departamenti boshlig‘i Narimon Umarov ma'lum qildi.

Korxonaning o‘z mablag‘laridan ajratilgan 4 mln dollarlik investitsion loyiha 2015-2019 yillarda struktur o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kiritildi.
Loyihaning amalga oshirilishi ishlab chiqarish samardorligini yiliga 1.5 ming tonnadan 3.2 ming tonnagacha ko‘tarish imkonini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish