Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bolotnoye ishi” bo‘yicha sudlangan Gushchin koloniyadan ozod qilindi
“Bolotnoye ishi” bo‘yicha sudlangan xalq namoyishi faollaridan biri Ilya Gushchin koloniyadan chiqdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, uning qamoq muddati tugagan deb hisoblangan, negaki muddatning bir qismini tergov ostida bo‘lganida o‘tab bo‘lgan edi. Bu haqda mintaqaviy tergov boshqarmasi matbuot kotibi Margarita Rimar ma'lumot berdi.
2012 yili Moskvadagi Bolotnoye maydonida minglab odamlar namoyishga chiqqan edi. Ular orasidagi faollar ommaviy tartibsizliklarda ayblanib qamoqqa tashlangan edi. Ilya Gushchin Tuladagi koloniyada 2.5 yil o‘tirdi.